(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Xolova Uljon Raximovna

Xolova Uljon Raximovna

  • 13-05-2014, 21:46
  • admin1
  •  
  • 1799
  •  
  •  

Xolova Uljon Raximovna 

Pedagogik staji 40 yil. Xalq talimini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun 2012 yil "Ozbekiston Respublikasi  Xalq talimi alochisi kokrak nishoni bilan taqdirlangan.


1985 yildan buyon Navoiy shahridagi 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumtalim maktabida boshlanғich talim oqituvchisi  vazifasida ishlab kelmoqda.


Xolova Uljon Raximovna kop yillik mehnati davomida oquvchilarga bilim berish borasida yangi pedagogik texnologiyalaridan foydalangan holda bor bilimi va qobiliyatini ishga soldi.


Oqituvchi oz kasbini sevadi. Darslarni zamon talabiga mos uslublardan foydalanib otadi. Uning oquvchilari olimpiadalarda muntazam ishtirok etib, faxrli orinlarni egalladilar.


Kasbiga sadoqat bilan yondashgan Xolova Uljon Raximovna kelajak egalari bolgan barkamol avlodga bilim berib, ularni tarbiyalashdek muhim vazifani sidqidildan ado etib, Vatanimiz ravnaqining rivojlanishida hissa qoshmoqda.


Xolova Uljon Raximovna 40 yillik faoliyati davomida bir qancha shifokorlar, oqituvchilar, qishloq xojalik xodimlari kabi mutaxassislarning murabbiysidir.


Xolova Uljon Raximovna kamtar, mehnatsevar, dono, zukko xodim sifatida jamoada hurmat-etiborga ega. Ish faoliyati davomida fidoyiligi, ishbilarmonligi, kasbdoshlari va ota-onalar oldida yuksak hurmat hamda obroga ega bolganligi, shogirdlar mehrini qozona olganligi uchun jamoada oz munosib orniga ega.


Oz sohasining bilimdoni bolgan bu oqituvchi maktab, shahar va viloyat miqyosida boshlang'ich talimni oqitishning ilғor pedagogik texnologiyasi usullaridan foydalanib ochiq darslar otib kelmoqda.


2008-2009 oquv yilida "Talim muassasalarida ijodiy muhitni rivojlantirish oquv yili da oqituvchilar bilan hamkorlikda 15 dan ortiq boshlang'ich talimga oid uslubiy qollanmalar va testlar bazasini yaratdi, shuning bilan birgalikda bir qancha maqolalari vaqtli matbuot sahifalarida elon qilingan.


Talim tizimidagi samarali faoliyati uchun maktab, shahar Xalq talimi muassasalari faoliyatini metodik taminlash va tashkil etish bolimi, shahar va viloyati hokimligi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.



Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish