(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Eshmurodov Shaxriyor Abdurasulovich

Eshmurodov Shaxriyor Abdurasulovich

  • 13-05-2014, 20:25
  • admin1
  •  
  • 1347
  •  
  •  

Eshmurodov Shaxriyor Abdurasulovich

 

Eshmurodov Shaxriyor Abdurasulovich 2005 yil sentyabrdan hozirga qadar Navoiy shahridagi 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumtalim maktabida ona tili va adabiyot fani oqituvchisi vazifasida ishlab kelmoqda.

Oqituvchiga attestatsiya komissiyasining xulosasiga kora, maktabning buyruғi bilan ona tili va adabiyot fani mutaxassisligi boyicha oliy malaka toifasi berildi.
Maktabda olib borgan samarali pedagogik faoliyati uchun maktab, shahar Xalq talimi bolimi, viloyat Xalq talimi boshqarmasi va Xalq talimi vazirligi tomonidan faxriy yorliq va diplomlar  bilan taqdirlangan.

Eshmurodov Shaxriyor Abdurasulovich oquvchilarni kelajakda yurtimiz uchun yetuk mutaxassis kadrlar qilib tayyorlashdek muhim vazifani ado etishni ozining pedagogik burchi deb hisoblaydi. Oquvchilarga zamonaviy usullarda dars berib, ularni manaviy boy va aqlan barkamol etib tarbiyalashda bor imkoniyatlardan zukkolik bilan toliq foydalana oladi. Oquvchilarga davlat talim standartlari asosida noananaviy usullarda bilim berishda mohir pedagogning mahorati maqtovga molikdir. Oquvchilarning dunyoqarashini kengaytirish uchun til tarixi, buyuk siymolar ijodiga baғishlab turli mavzularda otkazib kelinayotgan tadbirlar bevosita uning izlanuvchan, tirishqoq, ijodkor, fidoyi inson ekanligini korsatib turibdi. Ozining boy tajribasi bilan  maktabimizdagi yosh mutaxassis oqituvchilarga kasb sirlarini orgatishda  namuna bolib kelmoqda.

2010-2011 oquv yilida 7-sinf oquvchisi Boltayeva Gulandom, 8-sinf oquvchisi Erkinova Charos "Bilimlar bellashuvi ning viloyat bosqichida 1-orinni egalladi. "Bilimlar bellashuvining  Respublika bosqichida 7-sinf oquvchisi Boltayeva Gulandom 2-orinni, 8-sinf oquvchisi Erkinova Charos 3-orinni egalladi.  2011-2012 oquv yilida 8-sinf oquvchisi Boltayeva Gulandom "Bilimlar bellashuvining  Respublika bosqichida 1-orinni egalladi.

Eshmurodov Shaxriyor Abdurasulovich yosh avlodni bugungi davr talabi asosida tarbiyalashda munosib orniga ega bolgan pedagogdir. Har qanday boshlagan ishini ijobiy yakun toptirishi, oquv jarayonidagi yuqori korsatkichlari bilan ota-onalar hamda maktab pedagogik jamoasi orasida alohida hurmat va etiborga ega. Zamira Hamidova talim-tarbiya jarayonida fidoyi ustoz, masuliyatli xodim, oz kasbining mohir ustasidir.
 
 

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.




MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish