(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Abdiyev Rustam Ablakulovich

Abdiyev Rustam Ablakulovich

  • 13-05-2014, 21:27
  • admin1
  •  
  • 2998
  •  
  •  

Abdiyev Rustam Ablakulovich

 Abdiyev Rustam 2007-yildan buyon Navoiy shahridagi 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumtalim maktabida geografiya fani oqituvchisi vazifasida ishlab kelmoqda. 
  Ish faoliyati davomida "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, "Talim tog`risidagi Qonun, Davlat talim standarti asosida, interfaol va innovatsion usulda ish olib borib, ularni oquv jarayonida qollab, oquvchilarga puxta bilim berib kelmoqda. Oqituvchi talim jarayoniga yangicha yondashib, ijodkorlikni, bunyodkorlikni tatbiq etib kelmoqda. Bu esa oz navbatida talim samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Oqituvchi "Oila, mahalla, maktab hamkorligi konsepsiyasiga amal qilgan holda oquvchilarning ota-onalari bilan uzviy hamkorlik qilib kelmoqda. Ish faoliyati davomida oquvchilari fan olimpiadalari va bilimlar bellashuvining shahar, viloyat va Respublika bosqichlarida faol ishtirok etmoqda, jumladan, 2010-2011-oquv yilida 9-sinf oquvchisi Latipov Normurod, 2011-2012-oquv yilida 6-sinf oquvchisi Boboyeva Mashhura, 2012-2013-oquv yilida 6-sinf oquvchisi Hamroyev Elyor va 7-sinf oquvchisi Qodirov Hasan Bilimlar bellashuvining shahar va viloyat bosqichlarida I orinni egallagan. 2013-yil 6-sinf oquvchisi Hamroyev Elyor bilimlar bellashuvining Respublika bosqichida II orinni egalladi. 2013-2014-oquv yilida 8-sinf oquvchisi Qodirov Hasan bilimlar bellashuvining viloyat bosqichida II orinni, 9-sinf oquvchisi Maxmudov Abdulatif fan olimpiadasining viloyat bosqichida II orinni egalladi. 2015-yil 9-sinf oquvchisi Qodirov geografiya fani bo`yicha o`tkazilgan fan olimpiadasining shahar va viloyat bosqichida faxrli I o`rinni egalladi.
 Otgan yillar davomida oqituvchi samarali ish olib borib, viloyat miqyosida alohida hurmatga sazovor boldi. Oz fanining jonkuyari, ozining g`oyaviy-siyosiy, ilmiy bilim darajasini oshirish ustida tinmay ish olib bordi. Dars jarayonida zamonaviy pedagogik talim texnologiyasi usullaridan mohirona foydalanib, talim samaradorligini oshirmoqda.
 Talim tizimida ijodiy muhitni rivojlantirish uchun bor bilim va qobiliyatini ishga solib, 5-9-sinflar uchun "Geografiya fanidan amaliy ish va mashg`ulotlar, "Qiziqarli geografiya va "Mahalliy materiallardan foydalanib maktabda geografik maydoncha tashkil etish va undan foydalanish deb nomlangan uslubiy qollanmalari hamda DTS talabi asosida 5-9-sinflar uchun 40 mingdan ortiq mavzulashtirilgan testlarning dasturlashtirilgan elektron tizimini ishlab chiqdi. Shuningdek, oqituvchi Abdiyev Rustam ozi tug`ilib osgan yurti Navoiy viloyati Xatirchi tumani haqida "Navoiy viloyati Xatirchi tumani toponimlari nomli oquv qollanmasini yaratdi.
 Xalq talimi vazirligining Respublika miqyosidagi tajriba-tadqiqot maydonida tadqiqotchi-eksprementator oqituvchi sifatida samarali faoliyat korsatmoqda. Oqituvchi bugungi kunda umumtalim maktablarining oqituvchi va oquvchilari uchun moljallangan "Geografiya fanidan amaliy ish va mashg`ulotlar mavzusi doirasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ilmiy va ommabop maqolalari vaqtli matbuot sahifalarida muntazam elon qilinadi. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan dars jarayonlarida oqilona va samarali foydalanish bilan bir qatorda Internet tarmog`ida ozining www.geografiya.uz veb-sayti ustida muntazam ish olib bormoqda.  
- 2012-yil "Yilning eng yaxshi fan oqituvchisi korik-tanlovi Respublika bosqichida 1-orin sovrindori.
- 2013-yil pedagogik grantlar dasturi sovrindori.
- 2013-2015-yillar maktabda kasaba uyushma qomitasi raisi sifatida Ozbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan "Eng namunali boshlang`ich tashkilot korik-tanlovining viloyat bosqichida I orinni egalladi.
- 2014-2015-yillar O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan o`tkazilgan "Eng namunali militsiya tayanch punktlari" ko`rik-tanlovida "Eng faol kasaba uyushma tashkiloti yetakchisi" nominatsiyasi bo`yicha viloyat bosqichi g`olibi.
- 2015-yil "Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar korik-tanlovining Respublika bosqichida "Eng yaxshi oqituvchi veb-sayti" nominatsiyasi bo'yicha www.geografiya.uz veb-sayti bilan II o'rin sovrindori.
- 2016-yil "Eng yaxshi dars ishlanmasi" ko`rik-tanlovi Respublika bosqichi I o'rin sovrindori.
- 2016-yil kasaba uyushmalari tizimida "O`z kasbining mohir egalari" ko`rik-tanlovi viloyat bosqichi g`olibi.
2016-yil O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi, O'zbekistonda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini (ATK) rivojlantirish Fondi ko'magida hamda UZINFOCOM Markazi va boshqa tashkilotlarning tashabbusi bilan o`tkazilgan Yangi Internet tashabbusi-2016 ko`rik-tanlovi g`olibi.
  Respublika Talim Markazi ilmiy-metodika kengashining qarori bilan 2012, 2016-yillarda oqituvchining ilg`or pedagogik ish tajribasi Respublika miqyosida ommalashtirilgan.
 Talim taraqqiyotiga qoshgan xizmatlari uchun 2011-yil "Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi alochisi kokrak-nishoni va 2012-yil Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligining "Faxriy yorlig`i bilan taqdirlangan. Shuningdek, Navoiy shahar ichki ishlar bo`limi, Navoiy shahar hokimligi, Navoiy viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi, Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi, Navoiy viloyati kasaba uyushma tashkiloyatlari Kengashi kabi qator tashkilotlarning faxriy yorliq va diplomlari bilan taqdirlangan. 

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish