(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Akademik litsey va kasb - hunar kollejlari bilan hamkorligi (Kasblar festivali) haqida ma`lumot

Akademik litsey va kasb - hunar kollejlari bilan hamkorligi (Kasblar festivali) haqida ma`lumot

  • 22-04-2017, 17:09
  • rustam
  •  
  • 4291
  •  
  •  
Navoiy shahar 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktab 9-sinf  oquvchilarini talimning keyingi bosqichiga jalb qilish bo`yicha  o`tkazilgan "Kasblar festivali yig`ilish 
B A Y O N I 
 
Navoiy  shahar                                                      15 aprel   2017 yil   
 
QATNASHDILAR:
 
Djumaniyozova G.E - Maktab direktori 
Umrzoqov M. - Viloyat  Tashxis markazi rahbari
Jamurodova Z.B. - shahar Tashxis markazi rahbari
Turdiyeva  Z. - Shahar Tashxis markazi psixologi
Nematova S.X. - MMIBDO
Radjabova N.S. - MMIBDO
Kazakova D.A. - MMIBDO
Egamova O. - Maktab psixologi 
Ravshanov H.R. - 1-sonli Akademik litsey MMIBDO`
Mardonov O`.R. - 2-sonli Akademik litsey MMIBDO`
Esanov M. - 2-sonli Akademik litsey psixologi
Ro`ziqulova Z.A. - KAT akademik litsey O`TIBDO`
Jumayeva O`.N. - Konchilik kolleji psixologi
Qurbonova Sh. - Arxitektura va qurilish kolleji psixologi
Safarov Sh. - Tibbiyot kolleji o`quv bo`limi boshlig`i
Primova X. - Tibbiyot kolleji psixologi
Hosilov R.I. - Texnika iqtisodiyot KHK MMIBDO`
Qilichova G. - Informatika va elektronika sanoati KXK o`qituvchi
Amonova D.A. - Informatika va elektronika sanoati .KXK oqituvchi 
Haqberdiyeva Sh. - Madaniyat va san`at kolleji psixologi
Ro`zimurodova Z. - Madaniyat va san`at kolleji o`qituvchisi
Polvonova A.S. - Pedagogika va xizmat ko`rsatish kolleji kafedra mudiri
Barcha 9-sinf rahbarlari
211 nafar 9-sinf bitiruvchilari
180 nafar ota-onalar
 
K U N  T A R T I B I 
9-sinf bitiruvchilarini talimning keyingi  bosqichiga jalb qilish togrisida  (Viloyat tashxis markazi rahbari M.Umrzoqov va Shahar tashxis markazi rahbari Z.B.Jamurodova, Ravshanov H.R 1-sonli Akademik litsey  MMIBDO,  2-sonli Akademik litsey MMIBDO, Mardonov O`.R 2-sonli Akademik litsey MMIBDO`,  Jumayeva O`.N. Konchilik kol. psixologi, Allapova  Industral iqt.kol.oqituvchi, Qurbonova Sh Industral iqt.kol. oqituvchi, Safarov Sh Tibbiyot kol.MMIBDO`, Amonova D.A Inform. va ES.KXK, Asadova Inform. va ES.KXK oqituvchi Ro`zimurodova Z  Sanat va mad kolleji psixologi, Polvonova A.S Pedagogika xizmat khk kafedra mudiri)
 
E S H I T I L D I:
Maktab direktori G.E.Djumaniyozova yigilishni kirish sozi bilan ochib,  ishtirokchilarga mehmonlarni tanishtirdilar. U kishi o`z so`zlarida,Kadrlar tayyorlash milliy dasturidan kelib chiqib,yurtimizda tashkil etilgan o`n ikki yillik ta`lim tizimining mohiyati va imkoniyatlari to`g`risida atroflicha ma`lumot berdilar. Shuningdek, 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar ta`limi bilan to`laqonli qamrab olishni nazarda tutgan holda ularni o`qishga qabul qilishni tegishli ravishda tartibga solish borasida olib borilayotgan ishlarda har bir oilada ota-onaning roli muhimligini hayotiy misollar bilan ta`kidlab o`tdilar.Jumladan: Farzandining nimalarga qodirligini,kasbiy qiziqishini aniqlab uni qo`llab-quvvatlashi,maslahat berishi va yo`l-yo`riq ko`rsatgan ota-ona farzandi kelajagi uchun salmoqli hissa qo`shgan hisoblanadi.Kasb orqali obro` e`tibor yoki moddiy manfaat kutib farzandining qiziqishiga qarshi borish uning qobiliyatlarini so`ndirishga olib kelishi mumkinligini ta`kidladilar. Farzandining hali voyaga yetmaganligini,unda mustaqil yashash tajribalarining yetarlicha shakllanmaganini inobatga olib,ota-ona bag`rida o`z hududidagi akademik litsey va kasb hunar kollejida o`qishni davom ettirishiga maslahatchi va ko`makchi bo`lishi har bir vatanparvar ota-onaning burchidir.Zero,oilasi bag`ridan uzoqlashmay o`qib, kasb-hunar egallab, turli yutuqlarga erishayotgan farzandni ko`rish har bir ota-ona uchun mahalla,uning yaqin insonlari orasida faxr ekanligini aytib o`tdi.

1-masala yuzasidan so`zni  Viloyat tashxis markazi rahbari M.Umrzoqov va Shahar tashxis markazi rahbari Z.B.Jamurodovaga  berdi. Ular  oz sozida barcha 9-sinf bitiruvchilarini talimning keyingi bosqichiga qamrab olish boyicha gapirib, oquvchilarning qaysi kasb-hunar kolleji yoki akademik litseyiga oqishlarini  tanlash huquqlari ixtiyoriy, lekin talimning keyingi bosqichini davom ettirish majburiy ekanligi haqida gapirib otdi. Shahrimizda 3 ta akademik litsey, 8 ta kasb-hunar kolleji bolib, akademik litseylar 4 ta yonalish boyicha: aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xorijiy filologiya yonalishlari boyicha oqitiladi. Kasb-hunar kollejlarida kasblar boyicha oqitilishini aytib otdi. Farzandlaringizni kelajagi haqida qaygurib, oquvchilarga kasb tanlashga togri yol-yoriq korsatib, ularni kelajakda barkamol, yetuk, bilimli avlod qilib yetkazishda biz ustozlar, ota-onalar va mahallalar bilan hamkorlikda ish olib borish kerakligi haqida gapirdi va akademik litsey va kasb hunar kollejlaridan kelgan vakllarga so`z berdi.

1-sonli Akademik litsey manaviy-marifiy ishlar boyicha direktor orinbosari H.R Ravshanov chiqib, akademik litseyning shart-sharoitlari, litseyda bolgan yonalishlar haqida gapirdi. Litseyda aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy gumanitar fanlar, xorijiy filologiya yonalishlari mavjud. Akademik litseyda erishilgan yutuqlar haqida aytib otdi. Bu litseyning o`quvchilari aksariyati Grantlar asosida o`qishga kirib o`qiyotgqnliklari aytib o`tildi.
Shu masala yuzasidan NDKI huzuridagi 2-sonli akademik litseydan MMIBDO` Mardonov O`.R so`zga chiqib litseydagi mavjud yo`nalishlar haqida gapirib uning shart-sharoitlari haqida batafsil tushuntirib o`tdilar.Litsey yutuqlari hamda ko`zda tutilayotgan masalalar haqida tushuncha berdi.Ota-onalarning  qiziqtirgan barcha savollariga javob berib o`tdi.

Shular qatorida Konchilik kasb hunar kolleji psixologi Jumayeva O`.N. ham kollej shart sharoitlari haqida tushuncha berib o`tdi.Metal kesuvchi dasgohlar, Payvand konstruksuyalar ishlab chiqish Nazorat o`lchov asboblari, Elektr ta`minoti, Kompyuter tarmoqlari va ofis jihozlarini montaj qilish vat a`mirlash,Shamollatish tiaimlari sovutish, kriogen texnikalari,agregatlari va mashinalari,Texnologik mashinalar va jixozlar xizmat ko`rsatish va ta`mirlash, Arxiv ishi va ish yuritish,Tog`-kon mashina va jixozlari,Avtotransport vositalariga texnik xizmat ko`rsatish vat a`mirlash,Sanoat korxonalari va qurilmalari elektr jihozlari, Buxgalteriya hisobi, Maktabgacha va oilaviy ta`lim Avtomobillarni yig`ish,Umumiy ovqatlanishni tashkil etish kabi yo`nalishlar borligi va ularni birma-bir izohlab berdi.

Industrial-iqtisodiyot kasb hunar kollej o`qituvchisi Qurbonova Sh ham kollejning yo`nalishlari va  shart-sharoitlari haqida tanishtirdi.Jumladan:Qurilish ishlari,Duradgorlik va parket ishlari Gaz ta`minoti tizimi jixozlarini montaj qilish vat a`mirlash Buxgalteriya hisobi,Avtotransport vositalariga texnik xizmat ko`rsatish vat a`mirlash, Transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish,Metal kesuvchi dastgohlar,Xo`jalik huquqiy faoliyati, Kompyuter va kompyuter rarmoqlarini ishlatish va ularni dasturiy ta`minoti, Texnologik mashinalar va jihozlarga xizmat ko`rsatish va ta`mirlash, Kimyoviy texnologiya va ishlab chiqarish, Qurilish material ishlab chiqarish mashinalari va jihozlarini ishlatish, Elektr tarmoqlari va jihozlarini ishlatish, Suv ta`minoti va kanalizatsiya tizimlarini montaj qilish va ta`mirlash kabi yo`nalishlari haqida tushuncha berib o`tdi.

Madaniyat va san`t kolleji psixologi Ro`zimurodova Z. so`zga chiqib, kollejning yo`nalishlari haqida ma`lumot berib o`tdi:Axborot kutubxona tizimi,Madaniy-ma`rifiy maskanlarni badiiy bezash,Xalq cholg`ulari .Fortepiano,Madaniy tadbirlar,Xor dirijyorlik, Aktuorlik san`ti An`anaviy cholg`ular,Estrada cholg`ular An`anaviy xonandalik Estrada cholg`ulari Estrada xonandaligi. Xalq raqsi kabi yo`nalishlar haqida ma`lumatlar berdilar.

Navoiy tibbiyot kasb hunar kolleji O`quv bo`limi boshlig`i Safarov Sh ham o`zining yo`nalishlari haqida ma`lumot berib o`tdi.Bular:Hamshiralik ishi, Laboratoriya diagnostikasi, Formatsiya,yo`nalishlari aytib o`tildi.O`quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Informatsion va elektronika sanoati kasb hunar kolleji  psixologi Qilichova so`zga chiqib kollejning nomi o`zgarganligini va mavjud yo`nalishlar haqida ma`lumot berib o`tdi.Bular:Informatika va kommunikasion tizimlar,Kompyuter va kompyuter tarmoqlarini ishlatish va ularni dasturiy ta`minoti Menejment,Buxgalteriya hisobi,Moliya, Bank ishi yo`nalishlari haqida tushuncha berib o`tdi.

Pedagogika xizmat khk kafedra mudiri  A.S Polvonov  kollejni barcha yo`nalishlari haqida ma`lumot berib, ota-onalarni qiziqtirgan savollariga javob berdi. Yig`ilish qiziqarli savol javob va baxs munozara tarzida davom ettirildi.                     
 Yuqoridagilar yuzasidan yigilish
QAROR QILADI:
1.  9-sinf bitiruvchilarini talimning keyingi  bosqichiga jalb qilish togrisidagi  (Viloyat tashxis markazi rahbari M.Umrzoqov va Shahar tashxis markazi rahbari Z.B.Jamurodova, 1-sonli Akademik litsey  MMIBDO Ravshanov H.R, 2-sonli Akademik litsey MMIBDO  Mardonov O`.R  3-sonli Akademik litsey MMIBDO`  Ro`ziqulova Z.A  Konchilik kol. psixologi Jumayeva O`.N, Qurbonova Sh Industral iqt.kol. oqituvchi, Safarov Sh Tibbiyot kol.MMIBDO`, Amonova D.A Inform. va ES.KXK, Asadova Inform. va ES.KXK oqituvchi Ro`zimurodova Z  Sanat va mad kolleji psixologi, Polvonov A.S Pedagogika xizmat khk kafedra mudiri) bergan  axboroti ma`lumot  uchun qabul qilinsin.
  2.  Maktab psixologi O.T.Egamovaga:
 
  • Shahrimizda joylashgan akademik litsey va kasb hunar kollejlariga jadval asosida o`tkaziladigan "Ochiq eshiklar kuniga 9-sinf o`quvchilarining ishtirokini ta`minlash.
  • 9-sinf bitiruvchilarining qiziqishiga qarab kerakli ma`lumotlarni berish.
  • 9-sinf o`quvchilari bilan turli kasb egalarini taklif etgan holda uchrashuvlar tashkil etish.
  • "Kasbim faxrim,Men tanlagan kasb,mavzularida davra suhbatlari o`tkazish
  • O`tkazilgan davra suhbatlarining bayonnomasini yozish  va rasmlar asosida bukletlar ,foto lavhalar tayyorlash vazifalari topshirilsin.
3.Barcha 9-sinf rahbarlariga: 
  • 9-sinf  bitiruvchilari bilan turli xil kasblar to`g`risida tarbiyaviy soatlar o`tkazish;.
  • Ota-onalar yig`ilishlarida  o`quvchilardan olingan so`rovnoma va testlarni tahlil qilish;.
  • "Ochiq eshiklar kunida,o`quvchilarni akademik litsey va kasb hunar kollejlariga sayohatga olib borish;
  • Akademik litsey va kasb hunar kollejlariga kerakli hujjatlarni tayyorlashda maktab    psixologiga yordamlashish; 
  • "Ochiq eshiklar kuniga boradigan o`quvchilarning  to`liq  davomatini ta`minlash vazifalari yuklatilsin.  
 4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.
 
Yig`ilish raisi:       G.E.Djumaniyozova
Kotib:                O.T.Egamova.

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish