(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Ozbekistonda pedagoglarni attestatsiyadan otkazish tartibi

Ozbekistonda pedagoglarni attestatsiyadan otkazish tartibi

  • 13-11-2016, 16:39
  • ziyo11
  •  
  • 2154
  •  
  •  
 
Ozbekistonda pedagoglarni attestatsiyadan otkazish tartibi 
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-son qarori bilan Maktabgacha, umumiy orta, orta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat talim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan otkazish tartibi togrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda "Norma.uz xabar bermoqda.
Belgilanishicha, quyidagilar attestatsiyadan otkazilishi shart:
maktabgacha va maktabdan tashqari talim muassasalarining oliy va orta maxsus, kasb-hunar malumotli;
umumiy orta talim muassasalarining oliy malumotli;
orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarining umumtalim, chuqurlashtirilgan va kasbiy talim fanlari boyicha oliy malumotli;
orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarining oliy va orta maxsus, kasb-hunar malumotli pedagog kadrlari.
Hujjatga kora, attestatsiya maktabgacha, umumiy orta va maktabdan tashqari talim muassasalari pedagog kadrlari uchun har 5 yilda, orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari pedagog kadrlari uchun har 3 yilda bir marta otkaziladi.
Ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlar bir yildan song, oliy yoki orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarini bitirib birinchi bor ishga kirganlar 3 yildan song attestatsiyaga jalb etiladi.
Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan holda uzoq muddat (3 oydan ortiq) davolanayotgan, homiladorlik va tugish, bolani parvarishlash tatilidagi pedagog kadrlar ishga qaytganlariga bir yil tolgandan song attestatsiyadan otadi.
Pedagog kadrlar orta maxsus, kasb-hunar, oliy malumotli, ilmiy daraja olganligi yoki qayta tayyorlash kurslaridan otganligi haqidagi diplomda korsatilgan tayyorlov, talim yonalishlari, mutaxassislik yoki ixtisosliklariga mos keladigan fanlar boyicha attestatsiyadan otadi.
Pedagog kadrlarning diplomida bittadan ortiq tayyorlov yoki talim yonalishi, mutaxassislik yoki ixtisoslik korsatilgan bolsa, ular dars berayotgan har bir oquv fani boyicha alohida attestatsiyadan otadi.
Talim muassasalari rahbarlari attestatsiya muddatini bir oy oldin elon qiladi va pedagog kadrlarni attestatsiyadan otkazish tartibi bilan tanishtiradi.
Attestatsiya 2 bosqichda otkaziladi:
birinchi bosqichda attestatsiyadan otuvchilarning oquv fani boyicha malaka sinovi natijalari, dars otish mahorati, mehnati samaradorligi ekspert guruhi tomonidan organiladi va tegishli tavsiyalar tayyorlanadi;
ikkinchi bosqichda attestatsiya komissiyasi tomonidan pedagog kadrlarning xorijiy tillar, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilishi, ijtimoiy-siyosiy bilimlarini aniqlash yuzasidan suhbat otkaziladi. Suhbat jarayoni videotasvirga olinadi.
Attestatsiya komissiyasi attestatsiyadan otuvchining korsatkichlaridan kelib chiqib, "attestatsiyadan otdi/otmadi, "tegishli malaka toifasi (lavozim) berilsin/saqlansin/tushirilsin degan qarorlardan birini qabul qiladi.
Attestatsiya komissiyasi "Attestatsiyadan otmadi, mutaxassis (oqituvchi) lavozimiga muvofiq emas degan qarorni qabul qilsa, pedagog kadrlar navbatdan tashqari malaka oshirish kurslariga yuboriladi va keyingi yilda qayta attestatsiyaga jalb etiladi.
Pedagog kadrlar qayta attestatsiyadan otmasa, ish beruvchi tomonidan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
Attestatsiya komissiyasining qaroriga kora oliy, birinchi, ikkinchi malaka toifasiga yoki bosh, yetakchi, katta oqituvchi lavozimiga ega bolgan pedagog kadrlarga belgilangan shakldagi attestatsiyadan otganlik togrisidagi sertifikat attestatsiya otkazilgandan song bir oy ichida topshiriladi.
Pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi. Sertifikatning amal qilish muddati tugagan pedagog kadrlarga mutaxassis, oliy yoki orta maxsus, kasb-hunar malumotli oqituvchi lavozimi boyicha haq tolanadi.
Attestatsiya komissiyasi qaroridan norozi bolgan pedagog kadrlar attestatsiya natijalari elon qilingan kundan boshlab 10 kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda shikoyat berishi mumkin. Shikoyat royxatga olingan kundan boshlab 15 kun muddatda korib chiqiladi.
Manba: geografiya.uz

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish