(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Psixologiya masalalari fanidan test topshiriqlari

Psixologiya masalalari fanidan test topshiriqlari

  • 13-11-2016, 16:46
  • rustam
  •  
  • 17350
  •  
  •  
1. Psixologik ta`lim nima? 2. Kichik guruhlarga to`g`ri psixologik tarif bering? 3. Diqqatning turlarini ayting? 4. Psixologik jarayonlar haqida nimalar bilasiz? 5. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimida psixologik xizmat obyekti kimlar? 6. Bolalarni umumta`lim maktablariga qabul qilish qanday amalga oshiriladi? 7. "Ta`lim to`g`risida”gi Qonunda bolalarni necha yoshdan boshlab maktabga qabul qilish belgilangan? 8. Psixologiya so`zini etimologik ma`nosi nima? 9. Qaysi psixolog olimlarning ilmiy va uslubiy tavsiyalari O`zbekistonda psixologik xizmatni tashkil qilish uchun asos bo`ladi? 10. Amaliyotchi psixolog maktabda psixologik xizmatning qaysi yonalishlari bo`yicha ish olib boradi? 11. Qobiliyatga psixologik tarif bering? 12. Muayyan millatga xos bo`lgan psixologik xususiyatlarni o`rganuvchi fan? 13. Psixodiagnostika nima? 14. Iste`dod qaysi uch o`zaro bog`liq parametr (mezonlar) bilan aniqlanadi? 15. Ma`lum sharoitlarga muvofiqlashtirilgan kichik guruhlardagi psixologik muhitni aniqlashda qaysi metod qo`llaniladi? 16. Qoida va meyorlari individ ongida etalon (namuna) sifatida qabul qiluvchi guruh psixologiyada qanday nomladi? 17. Xotirani kuchaytirish necha yoshdan qulay? 18. Ma`ruzada yangi mavzu yuzasidan tushuncha berish qanday maruza turiga kiradi? 19. Har bir yosh davrida bolalarning psixologik xususiyatlari nimalarda aks etadi? 20. Reflekslar necha xil bo`ladi? 21. Bola shaxsi shakllanishida qaysi omillar yetakchi rol o`ynaydi? 22. Qobiliyat nima? 23. O`qituvchining akademik qobiliyati nima? 24. O`qituvchining perseptiv qobilyati? 25. O`qituvchining gnostik qobiliyati nima? 26. Faoliyat nima? 27. O`zbek millatiga xos, yaqqol ko`zga tashlanuvchi xarakter xususiyatlaridan biri? 28. Tafakkur operatsiyalarini ayting? 29. O`qituvchilarning konstruktiv qobiliyati nima? 30. Psixokorreksiyaning ma`nosi nima? 31. Yosh davrlar psixologiyasi nechanchi asrda rivojlandi? 31. O`qituvchi qobilyati haqida ayting? 32. Harakatchan, chaqqon tezda tushunadigan lekin jaxldor so`zlari qaysi mijozga taalluqli? 33. Pedagogik psixologiyaning bo`limlari haqida nimalar bilasiz? 34. Vunderkind so`zining lug`aviy ma`nosi nima? 35. Yosh davrlari psixologiyasida shaxsning ikki xil rivojlanishi to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping? 36. Psixologiyada layoqatlarning qaysi ikki xil turi farqlanadi? 37. Diqqatga ta`rif bering? 38. Faoliyat turlariga misol keltiring? 39. Pedagogik qobiliyat turlari to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping? 40. Psixologik-pedagogik tashxis daftarini to`g`ri yuritishda qaysi shaxs mas`ul hisoblanadi? 41. Bola necha oylik paytidan boshlab eng zarur ruhiy xususiyatlarni egallay boshlaydi? 42. Pedagogik- psixologiyaning asosiy vazifasi haqida aniq ifodalangan tarif bering? 43. Psixologiyaning tarmoqlari haqida nimalar bilasiz? 44. Voqelik va borliqni psixik aks ettirishning uch asosiy shakli? 45. Kichik maktab yosh davrida qanday faoliyat yetakchilik qiladi? 46. Introvert atamasi qanday shaxsga nisbatan ishlatiladi? 47. Tarbiya psixologiyasiga izoh bering? 48. Shaxsning odamiylik fazilatlariga qaysi xislatlarni kiritish mumkin? 49. Yosh davrlari psixologiyasi qanaqa bo`limlardan iborat? 50. Bola 6 (olti) yoshga to`lganda uning so`z boyligi qanchaga yetadi? 51. Zamonaviy dars deganda nimani tushunasiz? 52. Psixologiya ilmiy atamasi qachon paydo bo`lgan? 53. Psixologiyaning bir tarmog`i hisoblangan pedagogik-psixologiya qaysi fanlar sirasiga kiradi? 54. 1-sinf o`quvchilarida diqqatning qaysi turi ustin turadi? 55. Psixologiya fan sifatida qadimiy fanmi yoki zamonaviy? 56. Inson ruhi sirlarini bilishga bo`lgan dastlabki urinishlar qaysi vaqtga to`g`ri keladi? 57. Psixologik tushunchalar qachondan beri ma`lum? 58. Psixologiya atamasi qachon paydo bo`lgan? 59. Psixologik ta`lim nima? 60. Psixologiya atamasining etimologik mazmuni? 61. Qaysi taniqli psixolog olimlarning ilmiy va uslubiy tavsiyanomalari O`zbekistondan psixologik xizmatni yaratishga asos bo`ladi? 62. Psixologiyaning xalq ta`limi tizimiga taalluqli bo`lgan asosiy tarmoqlarini ayting? 63. Esda olib qolish 2 xil bo`ladi. Ularni ayting? 64. Psixologiyada ikkilamchi guruh sifatida e`tirof etiladi? 65. Kichik guruhlarga psixologik tarif bering? 66. Psixologiyada guruhlar turlari bo`yicha necha xil bo`ladi va qanday deb ataladi? 67. Norasmiy guruhga to`g`ri psixologik tarif bering? 68. Introspeksiya so`zining lug`aviy ma’nosi nima? 69. Insonning psixofiziologik funksiyalarini o`rganishda Galendan so`ng o`rinni qaysi olim egallaydi. 70. Psixologiya tarixida o`rta asr qaysi yillarni o`z ichiga oladi? 71. Substansiya sozining lug`avi ma`nosi nima? 72. Psixologiyaning inqiroz davri qaysi yillarga tog`ri keladi? 73. Vebir 1924-yilda qanday asar yozgan? 74. Farobiy ta’limotida bilishning necha bosqichi haqida fikr bildirgan? 75. Irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi signaller sistemasining faoliyati bilan bog`liqmi? 76. Malaka deb nimaga aytiladi? 77. Motiv deb nimaga aytiladi? 78. Har qanday kishining inson zotiga mansubligini qaysi tushuncha ifodalaydi? 79. Diologik va manologik nutq qaysi nutq turiga kiradi? 80. Hissiyot deb nimaga aytiladi? 81. Sotsiometriya metodi orqali nimani aniqlash mumkin? 82. Faollik manbai nima? 83. Layoqat- bu? 84. Odam psixikasining rivojlanish davri? 85. Nerv sestemasining kuchli , muvozanatli, passiv, inert tipi qaysi temperamentga mos keladi? 86. Iroda o`z kelib chiqishiga ko`ra– 87. Qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlarining zaifligi bilan xarakterlanadigan zaif-nerv sistemasi tipi qaysi temperamentga mos keladi? 88. Shaxsning faqat ijobiy irodaviy sifatlari? 89. Xarakterning ijobiy sifati kishining qaysi xislatlarida ko`rinadi? 90. Ilmiy psixologiyaning tamoiyllaridan biri determinizm prinsipini birinchi bo`lib kim tomonidan yoqlab chiqilgan? 91. Psixologiya faniga appersepsiya atamasini kim kiritgan? 92. XIX asr ingliz assotsiativ psixologiya maktabining qanday yetuk namoyondalarini bilasiz? 93. Hozirgi zamon psixologiya fanining predmeti qaysi javobda to`g`ri aks ettirilgan?  

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish