(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Pedagog xodimlar uchun attestatsiya namunaviy savollari

Pedagog xodimlar uchun attestatsiya namunaviy savollari

  • 10-07-2016, 21:27
  • rustam
  •  
  • 20873
  •  
  •  
1. O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi qonuni qachon qabul qilingan? 2. Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan qaysi biri kadrlarga bo`lgan talabni belgilovchi asosiy buyurtmachi hisoblanadi? 3. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilindi? 4. O`zbekiston Respublikasining «Davlat tili to`g`risida»gi qonuni qachon qabul qilindi? 5. Hadis hikmatlarida yoshlar tarbiyasi mavqeyi qanday? 6. Nima uchun maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasi o`yin asosida tashkillashtirilganligi ma`qul? 7. A.Avloniy fikricha, axloq nima? 8. Qo`yidagi tarif to`g`ri belgilangan qatorni toping: «Pedagogika - inson faoliyati sifatida maqsad sari qilingan harakat, xoxish istagi va ehtiyojlaridan kelib chiqqan fan» 9. Abu Nosr Farobiy ta`limning milliy xarakteri nimaga bog`lik deb etirof etadi? 10. Jahon tarixiy pedagogik jarayoni va uning hozirgi bosqichi qanday masalalarni har tomonlama o`rganishni taqozo etadi? 11. Pedagogikaning fan sifatdagi vazifasi nima? 12. Pedagogika atamasi qanday ma`noni bildiradi? 13. Ta`lim nima? 14. Tarbiya nima? 15. Asosiy pedagogik tushunchalar?* 16. Shaxsni shakllantirish degani nima? 17. Sensor tarbiya nima? 18. Gudaklik va yasli davri to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping? 19. Qanday kishilar pedagogik faoliyat bilan shug`ullanishga haqli? 20. Didaktika nimani bildiradi? 21. Ta`lim jarayoning metodologik asosi qaysi qatorda to`g`ri ko`rsatilgan? 22. Ta`lim mazmunini belgilashda qanday ehtiyojlar hisobga olinadi? 23. Ta`lim mazmunini o`zida aks ettiruvchi hujjatlar qaysi qatorda to`g`ri ko`rsatilgan? 24. Milliy pedagogikaning vazifasi nima? 25. Davlat gimni yunoncha «hummos»- madhiya so`zidan olingan bo`lib, quyidagi ma`noni bildiradi? 26. Bola rivojlanishiga doir o`zgarishlarni, yosh davrlariga xos xususiyatlarni bilish va hisobga olish nima uchun kerak. 27. Qaysi yosh maktabgacha tarbiya yoshi hisoblanadi? 28. Necha yoshdagi bolalar o`smirlar hisoblanadi? 29. Qaysi davrda tasavvur va tafakkur doirasi deyarli nihoyasiga yetgan va ijtimoiy hayotning biror sohasiga yo`naltirilgan bo`ladi? 30. O`spirinlik faoliyatining asosiy turi nima bo`ladi? 31. «Tarbiyachi tashkil etishni, ish yuritishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo`lishni bilishi lozim, u o`zini shunday tutishi kerakki, uning har bir xarakati tarbiyalasin» ushbu jumla kimga tegishli? 32. Ibtidoiy jamoa davrlarida tarbiyaning yuzaga kelishiga sabab bo`lgan shart-sharoitlar nimalardan iborat edi? 33. O`qituvchi quyidagilarga qaysi usulni qo`llaganda amal qilishi kerak? 1- tayyorlab kelingan savollar hammaga taalluqli bo`lib, o`rtaga tashlanishi; 2- bir o`quvchi javobga chaqirilishi; 3- javob berayotgan o`quvchini boshqalar tenglab, to`ldirib, tuzatib, oydinlashtirib borishi; 4- javoblarni o`qituvchi izohlashi va baholashi. 34. Bolalarning sog`lom o`sishi bilan ularni aqliy, jismoniy mehnatga, Vatan mudofaasiga tayyorlash qaysi tarbiyaning maqsadi bo`lib hisoblanadi? 35. Huquqiy tarbiyaga doir eng yirik asar «Al-Xidoyat» kimning qalamiga mansub?* 36. Tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi qobiliyatlar qaysi tarbiyada kamol topadi? 37. Qaysi tarbiya bolalarni tabiat va jamiyatda go`zalliklarni ideal nuqtai nazardan idrok etishga o`rgatadi? 38. Ta`limda bilim, ko`nikma, malakalarni puxta va mustahqam o`zlashtirish qoidasi nima? 39. «Avestoda» bolalarni o`qitish va tarbiyalash qoidalari qay tartibda tavsiya etilgan? 40. «Har kim bilim olish huquqiga ega» degan ibora Konstitutsiyaning nechanchi bob va moddasida yozilgan? 41. Huquqiy tarbiyaga oid eng yirik asar «Al-hidoya» kimning qalamiga mansub?* 42. Konstitutsiyamizning 41-moddasida nima haqida so`z boradi? 43. Mustaqil O`zbekistonni rivojlantirishning manaviy-axloqiy negizlari Prezident I.A.Karimovning qaysi asarida o`z aksini topgan? 44. O`zbekiston tarixini to`g`ri va asosli o`rganish masalasiga Prezidentimiz I.A.Karimovning qaysi asarida alohida e`tibor qaratilgan? 45. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik deganda nimani tushunasiz? 46. Insonning o`z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi nimalarda ko`rinadi? 47. O`zbekiston fuqarosining vatanparvarligi nimalarda namoyon bo`ladi? 48. O`z-o`zini taribiyalash elementlari qaysi qatorda tug`ri ko`rsatilgan? 49. Abu Ali ibn Sino bola tarbiyasi to`g`risida nima degan? 50. Yusuf xos Xojib tarbiya to`g`risida qanday asarlar yozgan? 51. «Qutadg`u bilig» asarining g`oyasi nimadan iborat? 52. "Tarbiyachilarning o`ziga zamonaviy ta`lim berish ularning ma`lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo`lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz” Prezidentimiz I.A. Karimovning ushbu fikrlari qaysi asarda o`z aksini topgan? * 53. "Kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo`lgan shaxslar pedagogika bilan shug`ullunish huquqiga ega” ekanligi Ta`lim to`g`risidagi qonunning qaysi moddasiga tegishli ma`lumot? * 54. Maktab o`qituvchilarining faoliyati nimaga qaratilgan? 55. Pedagogik muloqatni boshkarishning qaysi uslubida o`quvchilar tashabbusiga keng yo`l qo`yilmaydi? 56. Pedagogik mahorat deganda nimani tushunasiz? 57. Ritorika lotin tilidan olingan bo`lib qanday ma`noni bildiradi? 58. O`quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iktisodiy hisob-kitoblar va shular xakida fikrlay olish kabi qobiliyatlar qaysi tarbiyada kamol topadi? 59. Bolalar qaysi tarbiya yordamida tabiat va jamiyatda go`zalliklarni ideal nuktai nazardan idrok etishga o`rganadilar? 60. Jamoa faoliyatiga aralashmaslikka harakat qiladigan boshqarish uslubini toping? 61. Ibtidoiy jamiyatda tarbiyaning xususiyati? 62. Ta`lim sohasidagi xizmatlarning iste`molchisini ayting? 63. O`qituvchining kommunikativ qobiliyati nima? 64. Pedagogik mulokatni boshkarishning kaysi uslubida o`quvchilar tashabbusiga keng yul qo`yilmaydi? 65. O`z kasbini sevgan,irodali,qiyinchiliklarga bardosh beradigan, o`quvchilar bilan ishlash qobiliyatini mukammal egallagan o`qituvchi qanday toifaga kiradi? 66. Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish nimani bildiradi? 67. Pedagogik mulokotni boshkarishning qaysi uslubida o`qituvchi jamoa faoliyatiga aralashmaslikka harakat qiladi? 68. Quyidagi javoblardan qaysi birida pedagogika faniga to`ѓri tarif berilgan? 69. Iste`dod deb nimaga aytiladi. Qaysi qatorda to`g`ri javob keltirilgan? 70. Fanning tegishli sohalariga oid qobiliyatlar qaysi qobiliyat? 71. Muloqat orqali ta`sir etish usuli qaysi qobiliyatga mansub? 72. Bilimlarni tekshirishning nechta turi mavjud? 73. Insonning o`z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi nimalarda ko`rinadi? * 74. Tarbiyachi tortinchok bolalarni mashg`ulotga qanday jalb eta olishi kerak? 75. Pedagogik texnologiyalar tasnifiga kura to`g`ri belgilangan qatorni ko`rsating: umum pedagogik texnologiya, xususiy predmetli, loqal pedagogik texnologiya «Ilg`or pedagogik texnologiyalar va tajribalarni aniqlash hamda ommalashtirish chora tadbirlari to`g`risida» gi qaror qachon qabul qilingan? * 76. Davlat ta`lim standartining bosh talabi nimadan iborat? 77. Yangi pedagogik texnologiyalarning asosi nima bo`lib hisoblanadi? 78. O`quvchilarga bevosita emotsional irodaviy ta`sir ko`rsatish qaysi qobiliyatga mansub? 79. Pedagogik muloqatni boshqarishning qaysi uslubida o`qituvchi faollik ko`rsatmaydi, sifat kam bo`ladi? 80. Bolalarning sog`lom usishi bilan ularni aqliy, jismoniy mehnatga, Vatan mudofaasiga qaysi tarbiyaning maqsadi bo`lib hisoblanadi? 81. Insoning o`tkir aqli, sof mulohazasi, toza kungili, olijanobliligi, mardligini ko`rsatuvchi omil qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan? 82. Turkiy xalqlarining hayot tarzlari, ta`lim-tarbiyaga oid ma`lumotlar kimning qaysi asari, yodgorliklari orqali bizgacha yetib kelgan? 83. Inson fazilatlarini oshiruvchi xislatlar qaysi javobda ko`rsatilgan? 84. Demokratiya so`zining ma`nosi nima? 85. Bilimni buyuk qil, o`quvni ulug`. Shu ikkov ulug`lar kishini to`liq. Qo`yidagi hikmat nima haqida yozilgan? 86. Iymon deymizmi, vijdon diymizmi, Har kimning ko`ksida xudosi bo`lsin Ushbu jumlaning muallifi kim? 87. Tafakko`r so`zining ma`nosi nima? 88. Aql tarozisida o`lchanmagan har qanday bilim chin bo`la olmaydi, demak u haqiqiy bilim emas. Bu fikr kimga tegishli? 89. Ilm va madaniyat nuri nima? 90. Har kishi olmasa hayotdan ta`lim, unga o`rgatolmas hech bir muallim. 91. Ilm insonlarning madori, hayoti, raxbari, najotidur degan g`oya muallifi kim?<!--dle_spoiler-->
 

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.




Sharhlar - 1


Salom

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish