(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » Oqishni istamaydigan bolalar bilan qanday yol tutish lozim?

Oqishni istamaydigan bolalar bilan qanday yol tutish lozim?

  • 7-11-2017, 09:27
  • ziyo11
  •  
  • 2066
  •  
  •  
Tan olish kerak, maktab kongilochar muassasa emas. Bolalar bogchasidan farqli ravishda bu yerda bolani ovqatni oxirigacha yeb qoyganligi yoki uxlagani uchun maqtashmaydi ham. Bolalar maktabga bilim olish uchun boradi va bu jarayon kochada oynash yoki multfilm tomosha qilish kabi maroqli emas.

Agar farzandingiz oqishni istamasligini malum qilsa, buning sabablarini aniqlab, muammo yechimini topishga harakat qilishingiz lozim. Axir bola uchun hech narsaning qizigi bolmasligi mumkin emas. Uning maktabdan tashqari biror qiziqarli mashgulotini aniqlang va uni maktab fanlari bilan boglang.

Masalan, ogil bola kompyuter oyinlariga qiziqsa, uni dasturlashga qiziqtirish, modaga qiziqqan qizlarni esa oz modalar jurnalini yaratishga qiziqtirish mumkin. Bu orqali qizlarda tasviriy sanatga, qolaversa, savodxonlikka bolgan qiziqishni oshirish mumkin. Axir jurnallarda bexato yozish talab etiladi.

Oqishni istamaslikning yana bir sababi malumotlarni ozlashtirishdagi qiyinchilik bolishi mumkin. Agar bola darslarda gap nima haqida borayotganligini tushunmasa, u zerikish, noqulaylikni his qiladi. Shu sababdan malum bir fanni ham yoqtirmay qoladi!

Bu vaziyatni uning oqituvchisi bilan muhokama qilib koring. Qoshimcha mashgulotlar uchun repetitor xizmatidan foydalanishingiz ham mumkin.

Oquv jarayoniga qiziqishning yoqolishiga buning aksi bilimlarning juda oson ozlashtirilishi ham sabab bolishi mumkin. Masalan, birinchi sinfga oqishni bilib borgan bolalar tengdoshlarining harf organishidan zerikishi mumkin. U qiziqishini butunlay yoqotmasligi uchun turli foydali mashgulotlar, klub va togaraklarga yonaltirish lozim.

Asosiy qoidaga amal qiling hech qachon bolani kamsitmang! Agar bola oqishni istamasa bu uni dangasa, bilmasvoy kabi sozlar bilan kamsitishga asos bola olmaydi.
Bolaning oziga xos jihatlarini etiborga olib, uni qollab-quvvatlabgina oqishga bolgan qiziqishini qaytarish mumkin.

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish